... da ushbu shtamm birinchi boʻlib oktabr oyida Janubiy Afrikaning Sharqiy Keyp viloyatidagi Nelson Mandela tumanida aniqlanganini ma'lum qildi. Filogeografik tahlillar shuni koʻrsatadiki, bu shtamm Ne...
 

Beta shtamm[1] [2] , shuningdek B.1.351 liniyasi nomi bilan yuritiladi[1] . COVID-19ni keltirib chiqaradi. Mamlakat sogʻliqni saqlash boshqarmasi 2020-yil 18-dekabrda ushbu shtamm birinchi boʻlib oktabr oyida Janubiy Afrikaning Sharqiy Keyp viloyatidagi Nelson Mandela tumanida aniqlanganini ma'lum qildi[3] [4] [5] . Filogeografik tahlillar shuni koʻrsatadiki, bu shtamm Nelson Mandela ko'rfazida 2020-yil iyul yoki avgust oylarida paydo boʻlgan[6] .

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti ushbu shtammni ilmiy nomni almashtirish uchun emas, balki jamoatchilik uchun keng qoʻllaniladigan nom sifatida Beta shtamm deb etiketladi[7] [8] . JSST buni xavotir uygʻotishga sabab boʻladi deb hisoblaydi[7] .

Tadqiqotchilar va rasmiylarning ta’kidlashicha, ushbu kasallikning tarqalishi hech qanday asosiy tibbiy sharoitga ega bo‘lmagan yoshlar orasida yuqori bo‘lgan. Boshqa shtammlarga nisbatan bu holatlarda og‘ir kasallikka chalinish ehtimoli ko‘proq. Shuningdek, Janubiy Afrika Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu virus virusning boshqa shtammlariga qaraganda tezroq tarqalishi sababli mamlakatda COVID-19 pandemiyasining ikkinchi to‘lqini uchun harakatlantiruvchi kuch bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

Gap virus boshoq glikoproteininig retseptor-bogʻlovchi domenida (RBD) boruvchi uchta mutatsiya haqida ketyapti: N501Y[11] (501 pozitsiyasida asparagin aminokislotasi (N) oʻrniga tirozin aminokislotasi (Y)[9] ) K417N va E484K[10] [11] . Bu mutatsiyalardan ikkitasi (E484K va N501Y) retseptor-bogʻlovchi domenning (RBD) retseptor-bogʻlovchi motivida (RBM) joylashgan[12] .

olti mamlakat mutaxassisslari ishtirokida ushbu shtamm ustida tadqiqot olib borilgan. Unda 2020-yil 5-mart va 10-dekabr kunlari orasida Janubiy Afrikada to‘plangan 2882 ta SARS-CoV-2 genomini tahlil qilingan. Shtammning boshoqli oqsilida sakkizta mutasiya aniqlangan. Biroq ular hali to‘liq o‘rganilmagan. Olimlarning aytishicha, izlanish davomida 501Y.V2’ning boshqa shtammlardan farqi inson organizmiga osonroq kirib borishi hamda immunitet tizimidan qocha olishida namoyon bo‘lgan[13] .

Bu shtammning xususiyati ham shundaki, mazkur shtammni yuqtirgan odamlarda kasallik birdaniga boshlanib, jadal kechadi va qisqa muddatda o‘pkaning katta sohalarini jarohatlaydi. Shu bois kasallik boshqa shtammlarga nisbatan og‘irroq kechadi[14]

Oksford immunologi Ser Jon Bellning ta’kidlashicha, Janubiy Afrikadagi yangi shtamm vaktsinalarga chidamli boʻlishi mumkinligi sababli „katta savol“ tug‘diradi va shu bilan umidlarni yoʻq qiladi va ularni qoʻrquv bilan almashtiradi[15] .

Tarixi

KwaZulu-Natal Universiteti Innovatsiya va ketma-ketligini o'rganish platformasi (KRISP) boshchiligidagi bir guruh genomistlar yangi variantni aniqladi[16] . Ushbu genom butun ketma-ketlik bilan topildi. Ushbu liniyadan bir nechta genomik ketma-ketliklar GISAID maʼlumotlar bazasiga yuborildi[17] .

23-dekabr kuni Buyuk Britaniyaning Sogʻliqni saqlash vaziri Matt Hancock Janubiy Afrikadan Buyuk Britaniyaga sayohat qilgan ikki kishi Beta shtamm (501.V2) bilan kasallanganligini eʼlon qildi[18] . 28-dekabrda bu shtamm Shveytsariyada ikki kishida[19] va Finlyandiyada bir kishida aniqlangan[20] . 29-dekabrda Janubiy Afrikadan Yaponiyaga borgan mehmonda[21] va Avstraliyaning Kvinslend shahrida boʻlgan chet el sayohatchisida ham kuzatilgan[22] . 30-dekabrda Zambiyada[23] , 31-dekabrda Fransiyada Janubiy Afrikadan qaytayotgan yoʻlovchida aniqlandi[24] . 2021-yil 2-yanvarda ushbu shtammning birinchi holati Janubiy Koreyada aniqlandi[25] . Avstriya 4-yanvar kuni ushbu shtammning birinchi holati va Alfa shtammining toʻrtta holati haqida xabar berdi[26] .

Manbalar

  1. 1 2 . www.gisaid.org. Qaraldi: 21-Iyul 2021-yil.
  2. (ingl.). www.who.int. Qaraldi: 1-Iyun 2021-yil.
  3. (ingl.). www.iol.co.za. Qaraldi: 29-Dekabr 2020-yil.
  4. „Covid: South Africa passes one million infections as cases surge“ (en-GB), BBC News (28-Dekabr 2020-yil).
  5. . The New York Times (18-Dekabr 2020-yil). — „N501Y...has been found in other countries, including the United Kingdom“. Qaraldi: 20-Dekabr 2020-yil.
  6. Houriiyah Tegally. „Emergence and rapid spread of a new severe acute respiratory syndrome-related coronavirus 2 (SARS-CoV-2) lineage with multiple spike mutations in South Africa“, medrxiv (22-Dekabr 2020-yil). Qaraldi: 10-Mart 2021-yil. „Spatiotemporal phylogeographic analysis suggests that the 501Y.V2 lineage emerged in early August (early July – end August 2020, 95% highest posterior density) in Nelson Mandela Bay.“.
  7. 1 2 (ingl.). www.who.int. Qaraldi: 1-Iyun 2021-yil.
  8. TIMESOFINDIA.COM. . The Times of India (2-Iyun 2021-yil). Qaraldi: 2-Iyun 2021-yil.
  9. . https://web.archive.org/. Qaraldi: 9 октября 2008.
  10. .
  11. Derek Lowe 22 December, 2020. (aniqlanmagan). In the Pipeline (22-Dekabr 2020-yil). Qaraldi: 5-Yanvar 2021-yil.
  12. (aniqlanmagan). Qaraldi: 5-Yanvar 2021-yil.
  13. . Bugun.uz. Qaraldi: 2021 йил 9 март.
  14. . Bugun.uz. Qaraldi: 2021 йил 26 апрель.
  15. Knapton, Sarah. . The Telegraph. Qaraldi: 4-Yanvar 2021-yil.
  16. . www.theconversation.com. Qaraldi: 1-Mart 2021-yil.
  17. Not stated. . ecdc.europa.eu. GISAID (20-Dekabr 2020-yil). — „EPI_ISL_678594, EPI_ISL_678596, EPI_ISL_678597. Netcare. KRISP, KZN Research Innovation and Sequencing Platform. Giandhari J, Pillay S, Lessells R, Chimukangara B, Mdlalose K, York D, Khan S, Tegally H, Wilkinson E, de Oliveira T.“. Qaraldi: 29-Dekabr 2020-yil.
  18. „South African Covid-19 variant has reached the UK, says Matt Hancock“, The Guardian (23-Dekabr 2020-yil).
  19. . BusinessInsider. Qaraldi: 29-Dekabr 2020-yil.
  20. . Yle News. Qaraldi: 29-Dekabr 2020-yil.
  21. (aniqlanmagan). News24. Qaraldi: 29-Dekabr 2020-yil.
  22. . 9 News (29-Dekabr 2020-yil).
  23. . Xinhua News Agency (30-Dekabr 2020-yil).
  24. „France detects first case of South African strain of Covid-19“, France24 (31-Dekabr 2020-yil).
  25. „남아공 '변이 코로나' 첫 국내 확인…영국발 변이도 4건 추가“(kor.), Donga Ilbo (2-Yanvar 2021-yil).
  26. „British, South African corornavirus mutations detected in Austria“, Reuters (4-Yanvar 2021-yil).




  Go to top  

This article is issued from web site Wikipedia. The original article may be a bit shortened or modified. Some links may have been modified. The text is licensed under "Creative Commons - Attribution - Sharealike" [1] and some of the text can also be licensed under the terms of the "GNU Free Documentation License" [2]. Additional terms may apply for the media files. By using this site, you agree to our Legal pages [3] [4] [5] [6] [7]. Web links: [1] [2]