... ab investorlar buni amerika fond bozorining eng yaxshi ko‘rsatkichi deb hisoblaydilar. Indeks o‘z ichiga 500 yetakchi kompaniyani oladi va bozorda kaptalizatsiya qilish mumkin bo‘lgan mablag‘n...
 

S&P 500, AQSHdagi Standard and Poor's 500 ning qisqartmasi bo‘lib, 500ta mahalliy kompaniyalarning aksiyalaridan iborat fond bozori indeksidir.[1] Ko‘plab investorlar buni amerika fond bozorining eng yaxshi ko‘rsatkichi deb hisoblaydilar. Indeks o‘z ichiga 500 yetakchi kompaniyani oladi va bozorda kaptalizatsiya qilish mumkin bo‘lgan mablag‘ning 80%ga yaqinini qoplaydi. Amalda 500 listing kompaniyalarining ko‘plari indeks sur’atiga faqat cheklanan ta’siriga egalar. S&P 500dagi o‘nta yirik fond aksiyalarining 2021-yil iyuni oxirida indeksdagi umumiy salmog‘i 26,6%ga yaqinni tashkil qiladi.[2]

S&P 500 indeksi 1957-yilda yaratilgan va asos aksiyalarning o‘rtacha solishtirma narxidan foydalanaib hisoblanadi, shu sababli bozor reytingi yuqori bo‘lgan aksiyalar indeksining umumiy narxiga katta ta’sirga ega. 2005-yildan indeks erkin muomaladagi aksiyalar sonini hisobga oladi.[3]

Kompaniyalarni tanlashning asosiy mezoni bozor kapitalizatsiyasi hisoblanadi, lekin kompaniyaning aksiyalari likvidligi, o‘sish sur’ati, faoliyat turi hisobga olinadi.[4] [5] Moliyaviy sektor, axborot texnologiylari va energetika sektorlari aksiyalari indeks narxining deyarli yarmini tashkil qiladi. Agar kompaniya yuqorida ko‘rsatilgan talablarga to‘g‘ri kelmasa, bu kechiktirmay chiqarib tashlanishiga olib kelmaydi. Indeksdan chiqarishning asosiy sababi sotib yuborish yoki qo‘shilib ketishdir.[6] 2003-yildan S&P 500 EWI indeksi mavjud bo‘lib, unda barcha 500 qatnashchi teng 2% salmoqqa ega. Indeksga har chorakda tuzatishlar kiritiladi.[7]

Manbalar

  1. . britannica.com. Qaraldi: 19-Iyul 2021-yil.
  2. . investopedia.com. Qaraldi: 19-Iyul 2021-yil.
  3. . reuters.com. Qaraldi: 19-Iyul 2021-yil.
  4. . comparebrokers.co. Qaraldi: 19-Iyul 2021-yil.
  5. . papers.ssrn.com. Qaraldi: 19-Iyul 2021-yil.
  6. . sandp500changes.whw1.com. Qaraldi: 19-Iyul 2021-yil.
  7. . us.spindices.com. Qaraldi: 19-Iyul 2021-yil.




  Go to top  

This article is issued from web site Wikipedia. The original article may be a bit shortened or modified. Some links may have been modified. The text is licensed under "Creative Commons - Attribution - Sharealike" [1] and some of the text can also be licensed under the terms of the "GNU Free Documentation License" [2]. Additional terms may apply for the media files. By using this site, you agree to our Legal pages [3] [4] [5] [6] [7]. Web links: [1] [2]