... leksiyasi asosida yaratilgan. Qoʻchqorlarining tirik vazni 65—70, sovliqlariniki 45–55 kg. Qoʻchqorlaridan 2–3 kg, sovliqlaridan 1,5—1,7 kg jun olinadi. Juni uzunligi 3—8 sm. Junidan ki...
 

Romanov qoʻy zoti — poʻstinbop teri beradigan dagʻal junli qoʻy zoti. XVIII asrda Yaroslavl guberniyasining Volgaboʻyi hududlarida mahalliy shimoliy kalta dumli qoʻylardan xalq seleksiyasi asosida yaratilgan. Qoʻchqorlarining tirik vazni 65—70, sovliqlariniki 45–55 kg. Qoʻchqorlaridan 2–3 kg , sovliqlaridan 1,5—1,7 kg jun olinadi. Juni uzunligi 3—8 sm. Junidan kigiz etik (piyma) bosiladi. Romanov qoʻy zotining jun qoplamida qiltiq tolaga nisbatan tivit tolalar koʻp, oʻrtacha nisbati 1:5, 1:6. Tivit tolasining uzunligi boʻyicha qiltiq toladan koʻp boʻlgani uchun jun qoplami oshlangan terida yotib (yassilanib) qolmaydi. Romanov qoʻy zotining eng muhim hislati ular tabiatan tugʻma serpushtdir. 100 qoʻydan oʻrtacha 225—235 qoʻzi olinadi. Ayrimlari 4 ta, hatto 6 tagacha qoʻzi tugʻadi.

1980-yillarida Romanov qoʻy zoti qorakoʻl qoʻylari pushtini oshirish maqsadlarida Oʻzbekiston qorakoʻlchilik institutida oʻrganilgan. Qorakoʻl sovliqlarini Romanov qoʻy zoti qoʻchqorlari bilan chatishtirishda eʼtiborga loyiq natijalar olingan, lekin tadqiqotlar hali yakunlanmagan[1] .

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil







  Go to top  

This article is issued from web site Wikipedia. The original article may be a bit shortened or modified. Some links may have been modified. The text is licensed under "Creative Commons - Attribution - Sharealike" [1] and some of the text can also be licensed under the terms of the "GNU Free Documentation License" [2]. Additional terms may apply for the media files. By using this site, you agree to our Legal pages [3] [4] [5] [6] [7]. Web links: [1] [2]