... iniy ulamo. O’zbekiston Musulmonlari Diniy Idorasi Samarqand viloyati vakili, mutavalli, imom-xatib kabi lavozimlarda xizmat qilgan. Umrlarining so’nggi yillarida Samarqand viloyati bosh imom-xati...
 

Mustafokul Melikzoda
Mustafokul Melikzoda

Mustafoqul Melikov (Mustafoqul Melikzoda) (06.07.1945 — 02.09.2020) — Samarqandlik taniqli diniy ulamo. O’zbekiston Musulmonlari Diniy Idorasi Samarqand viloyati vakili, mutavalli, imom-xatib kabi lavozimlarda xizmat qilgan. Umrlarining so’nggi yillarida Samarqand viloyati bosh imom-xatibi maslahatchisi hamda Samarqand shahar “Xo’ja Zudmurod” jome’ masjidi imom-xatibi lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Tarjimai hol:

1945-yil, 6-iyulda Samarkand viloyati, Samarqand tumani Chorshsanba mahallasida ziyoli oilada tug’ilgan. Boshlang’ich ta’limni ushbu mahalladagi 34-o’rta umumta’lim maktabida olgan.

O’zbekiston Musulmonlari Diniy Idorasi tizimida 1964-yildan beri muqaddas islom diniga xizmat qilib kelgan, shu jumladan:

1964 — 1971 yillarda Buxoro shahar “Mir Arab” o’rta maxsus islom bilim yurti talabasi;
1971 — 1975 yillarda “Imom Buxoriy” nomidagi Toshkent Islom Instituti talabasi (institutni imtiyozli diplom bilan tamomlagan);
1972 — 1974 yillarda Samarqand viloyati, Payariq tumani “Imom Al-Buxoriy” jome’ masjidi mutavalliyot hay’ati raisi;
1974 — 1981 yillarda Samarqand shahridagi “Xo’ja Zudmurod” jome’ masjidi imom-xatibi;
1977 — yilda Sovet ittifoqi tomonidan muborak haj safariga Toshkent-Moskva-Qohira-Saudiya va qaytish Saudiya-Qohira-Moskva-Toshkent yoʻnalishlari bilan ilk haj safarlarini ado etish uchun Saudiya Arabistoni Podshohligiga tashrif buyurgan;
1977 — 2000 yillarda Samarqand viloyati bosh imom-xatibi;
1981 — 1984 yillarda Samarqand shahridagi “Xo’ja Abdu Darun” jome’ masjidi imom-xatibi;
1984 — 2020 yillarda Samaqand shahridagi “Xo’ja Zudmurod” jome’ masjidi imom-xatibi;
1990 — 1995 yillarda Samarqand viloyati Sovetiga 36-okrugidan xalq deputati;
1990 — 1995 yillar Samarqand shahar Siyob tumani 4-okrugidan xalq deputati;
1991 — yilda Mustaqil O’zbekiston Respublikasidan Samarqand viloyati birinchi hojilarining haj safarlarini ado etishlari uchun Saudiya Arabistoni Podshohligiga Samarqand viloyati hojilariga ming boshi sifatida xizmat kursatganlar;
1991 — 1998 yillarda Samarqand tumanidagi “Xo’ja Ubaydullo Ahrori Vali” jome’ masjidining yonida “Nodir Devon Begim” madrasasida “Xo’ja Ahrori Vali” nomidagi yangi Islom Ma’hadiga asos soldilar va ma’had rektori bo’lishlari barobarida o’zlari ham talabalarga tafsir, arab tili grammatikasi, sarf va nahv fanlaridan dars berdilar. (O’sha davrda O’rta Osiyoda faqat Toshkent shahrida Islom ma’hadi faoliyat yuritayotgan bo’lib, Samarqandda yangi Islom ma’hadining ochilishi mumin-musulmonlar hayotida katta voqe’lik bo’lgan. Ma’had 1998-yilgacha faoliyat olib borgan va o’sha yildan e’tiboran tahsil “Imom Al-Buxoriy” madrasasida davom ettirilgan. Samarqanddagi Islom ma’hadini tugatgan sobiq talabalar bugun Respublikaning turli hududlaridagi masjidlarda imomlik qilishmoqda);
1994 — yildagi haj safarida Saudiya Arabistoni Podshohligining Ommaviy Axborot Vositalari orqali O’zbekiston Respublikasi to’g’risida maqolalar chiqargan;
1997 — yil yana haj safarlarini ado etish uchun Saudiya Arabistoni Podshohligiga Samarqand viloyati hojilariga ming boshi sifatida xizmat kursatganlar;
2007 — yil yana haj safarlarini ado etish uchun Saudiya Arabistoni Podshohligiga Samarqand viloyati hojilariga ellik boshi sifatida xizmat kursatganlar;
2017 — 2020 yil 1-Sentyabrga qadar O’zbekiston Musulmonlari Diniy Idorasi Samarqand vakili, viloyat bosh imom-xatibi maslahatchisi;
2019 — yil Ozarbayjon Respublikasi, Boku shahrida do’stlari bo’lmish Shayx ul-Islom Ollohshukur Hummat O’g’li Poshozoda taklifi bilan tashkil etilgan katta diniy konferensiya anjumanida qatnashdilar;
2020 yil 18-fevral kuni ertalab odatdagidek “Xo’ja Zudmurod” jome’ masjidida xizmat xonalarida qur’oni karim mutola’asi qilayotgan chog’larida noxostan insult(bosh miyada qon quyilishi) bo’lib qolganliklari sabab shu zahoti shifoxonaga keltirildilar. Bir oy shifoxonada, keyin 6 oy uyda davolangach endi oyoqqa turgan kunlarida, avgustning yigirmanchi sanasida takroriy insultni boshdan kechirdilar va shifoxonadagi davo muolajalari samara bermay, 2-sentyabr kuni ertalab foniy dunyodan boqiy dunyoga rixlat qildilar. Shu kuni Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Chorshanba qishlog’ida, o’z xonadonlarida soat 18:00’da O’zbekiston Musulmonlari Diniy Idorasi vakillari tomonidan amri-ma’ruflar qilindi va janoza namozi to’ng’ich o’g’illari hoji Abdullo tomonidan o’qildi va vasiyatlariga asosan shu mahalladagi qabristonda, otalari Abdulmalik hojining oyoqlari ostida dafn etildi.
1964 — 2020 Islom dinidagi umumiy xizmatlari 56 yildan iborat.

Millati:

Tojik

Ilmiy darajalari:

Arab, Fors, Ingliz, Rus, Turkiy tillar(Turk, Turkman, Qozoq, Qizg’iz, Ozarbayjon), O’zbek va ona tili bo’lmish Tojik tillarida bemalol bahsu-munozaralar qilib ravon gaplasha olgan olim. Astronomiya, fizika, ximiya, biologiya, odam anatomiyasi, botanika, siyosat, fiqh va boshqa sohalarning diniy va dunyoviy masalalarida ta’lim va maslahatlar berganlar.

Turmush tarzi:

Oilali — 7 ta farzand, 21 ta nabera va 7 ta evaralari bor.

Eslatma

O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining birinchi yilligi munosabati bilan mukofotlash to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining UP-463-son 28.08.1992 Farmoni

Havolalar

Hoji Mustafoqul Melikzoda xotaralariga bag’ishlanadi

Usmonxon Alimov peredal soboleznovaniya Prezidenta sem’e Mustafakula Melikzoda. Mechet “Xodja Zudmurod” rekonstriruyut

USTOZNI XOTIRLAB — Zayniddin Eshonqulov O’zbekiston Musulmonlari Diniy Idorasi Samarqand viloyat bosh imom-xatibi

Indoneziyaning ikkinchi Prezidenti Hoji Muhammad Suxartoning “Imom Al-Buxoriy” maqbarasini ziyorati

“Imom Al-Buxoriy” Xalqaro Ilmiy-Tadqiqot Markazi





  Go to top  

This article is issued from web site Wikipedia. The original article may be a bit shortened or modified. Some links may have been modified. The text is licensed under "Creative Commons - Attribution - Sharealike" [1] and some of the text can also be licensed under the terms of the "GNU Free Documentation License" [2]. Additional terms may apply for the media files. By using this site, you agree to our Legal pages [3] [4] [5] [6] [7]. Web links: [1] [2]